"RB Leyptsig" futbolchisi Xavi Simons tez orada Angliya chempionatiga ko'chib o'tishi mumkin - yarim himoyachiga APLning uchta klubi qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Caught Offside xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, "Arsenal," "Tottenxem" va "Chelsi" jamoalari Simonsning vakillari bilan muzokaralarni boshlagan. Taxminiy transfer summasi - 60 mln evro. Futbolchining o'zi faoliyatini Angliyada davom ettirishga tayyor.

O'tgan mavsumda niderlandiyalik xavbek "RB Leyptsig" safida 33 ta o'yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Simonsning nemis klubi bilan amaldagi shartnomasi ikki yildan so'ng yakuniga etadi. Transfermarkt talqiniga ko'ra, futbolchining narxi - 70 mln evro.