"RB Leyptsig" hujumkor yarim himoyachisi Xavi Simons faoliyatini "Chelsi"da davom ettirishni istamoqda.

Niderlandiyalik futbolchi buni o'z xatti-harakatlari bilan ham tasdiqlamoqda. U o'z Instagram sahifasidan "RB Leyptsig"ga tegishli ekanligini haqida yozuvni o'chirib tashladi.

Avvalroq Fabritsio Romano "aristokratlar" va "buqalar" o'rtasidagi muzokaralar yaxshi davom etayotgani va transfer taxminan 60-70 million evroga amalga oshishi xabar qilgandi.