Simone Indzagi "Al-Hilol"dan "Liverpul" hujumchisi transferini so'radi

"Liverpul" hujumchisi Darvin Nunes faoliyatini "Al-Hilol"da davom ettirishi mumkin.
Bosh murabbiy Simone Indzagi urugvaylik futbolchini o'z jamoasida ko'rishni istamoqda - klub aynan italiyalik mutaxassis iltimosiga ko'ra futbolchi bo'yicha muzokaralarni boshlagan, deb yozadi Anything Liverpool Saudiya Arabistoni manbalariga tayanib. 26 yoshli forvardga "Napoli" ham qiziqish bildirmoqda, ammo Italiya chempioni baribir "Liverpul"ning talabini qondira olmadi.
Transfermarkt portali Darvin Nunesning narxini 45 mln evroga baholamoqda. O'tgan mavsumda futbolchi 47 ta o'yinda 7 ta gol va 7 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.