Simeone Turin klubi bilan shartnoma imzoladi

Jovanni Simeone "Torino"ga o'tdi.
Turin klubi 30 yoshli forvardni "Napoli"dan ijaraga oldi va keyinchalik shartnoma shartlari bajarilganda sotib olish majburiyatini oladi.
Transfer summasi 8 mln evroni tashkil etishi xabar qilingandi.
Futbolchi "Torino" bilan yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati bilan 2028 yilgacha shartnoma imzolagan.
Jovanni Simeone - "Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeonening o'g'li.