Simeone de Paul qolishini istamoqda

Madridning "Atletiko" klubi bosh murabbiyi Diego Simeone jamoa yarim himoyachisi Rodrigo de Paulning ketishiga qarshi chiqmoqda.
Avvalroq, klub 31 yoshli argentinalikning kelasi yozgacha mo'ljallangan shartnomasini uzaytirishga harakat qilayotgani, ammo "Inter Mayami"ning 15 million evrolik taklifini ham qabul qilishga qarshi emasligi haqida xabarlar chiqqan edi.
De Paul "matraschilar" safida jami 187 ta o'yinda 14 ta gol urib, 26 ta assist amalga oshirgan.