"Napoli" hujumchisi Jovanni Simeone "Torino"ga o'tish arafasida turibdi.

Klublar og'zaki kelishuvga erishdi - transfer qiymati 8 mln evroni tashkil etadi, deya ta'kidlamoqda insayder Fabritsio Romano. 30 yoshli futbolchi neapolliklar "buqalar" taklifini rasman qabul qilganidan so'ng tibbiy ko'rikka boradi.

"Napoli" Jovanni Simeoneni 2023 yilning yozida "Verona"dan 12 mln evroga sotib olgandi. O'tgan mavsumda forvard Antonio Konte jamoasi safida barcha musobaqalarda 33 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 2 ta assist muallifiga aylandi.