Shveytsariya terma jamoasi va Belgiyaning "Bryugge" klubi yarim himoyachisi Ardon Yashari "Inter"ga o'tishdan bosh tortdi. Insayder Sasha Tavolerining ijtimoiy tarmoqlar orqali ma'lum qilishicha, 22 yoshli himoyachi faoliyatini "Milan"da davom ettirmoqchi.

Ardon Belgiya klubida o'tgan yilning iyul oyidan buyon to'p tepib kelmoqda. Tomonlar o'rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasining muddati 2029 yil iyun oyi oxirida tugaydi. Futbolchining bozor narxi 32 million evroga baholanmoqda.

Belgiya oliy divizionining o'tgan mavsumida yarim himoyachi 35 ta o'yinda maydonga tushdi. Yashari 3 ta gol va 4 ta assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.