"Shtutgart"da Voltemadening "Bavariya"ga o'tishi haqida fikrlar bildirildi

"Shtutgart" sport direktori Fabian Volgemut "Bavariya"ning hujumchi Nik Voltemadega qiziqishi haqidagi savolga javob berdi.
Myunxen grandi 23 yoshli futbolchini asosiy transfer maqsadlaridan biri sifatida belgilagan, ammo "shvablar" bilan kelisha olmagan.
- Yangilik yo'q. Katta ehtimol bilan Nik yangi mavsumda jamoamiz tarkibida bo'ladi - biz buni aniq va ravshan aytdik. Bizning vazifamiz - bo'lajak mavsumni iloji boricha yaxshiroq boshlash uchun hamma narsani qilish. Nikning ketishi masalasi hozirgi sharoitda shunchaki dolzarb emas," - dedi Volgemut Sky Sport nashriga bergan intervyusida.
"Bavariya" Voltamade uchun 50 mln evrodan ko'proq taklif qildi, bu esa "Shtutgart"ni qoniqtirmadi. Forvardning Transfermarkt saytidagi narxi - 30 mln evro.