"Shtutgart" "Bavariya" taklifini rad etdi

"Bavariya" hujumchi Nik Voltemadeni transfer qilish bo'yicha ishlarni davom ettirmoqda. Transfer News Live nashrining Bild'ga tayanib xabar berishicha, "Shtutgart" Myunxendan kelgan 40 million evrolik taklifni rad etgan. Yana 5 million evro bonus sifatida taklif qilingandi.
Nik Voltemade "Shtutgart"da bir mavsum o'tkazdi. "Shvablar" safida 33 ta o'yinda hujumchi o'z hisobiga 17 ta gol va sheriklariga 3 ta golli uzatma yozdirib qo'ygan. Voltemadening amaldagi shartnomasi 2028 yilning yarmigacha mo'ljallangan.
Eslatib o'tamiz, 23 yoshli Voltemade iyun oyi boshida Germaniya terma jamoasi safida debyut qilgan edi.