G'uzorning "Sho'rtan" klubini bir qator futbolchilar tark etdi.

O'zPFL xabariga ko'ra, klub birdaniga 4 nafar futbolchi bilan xayrlashdi. Ular: Daler Sharipov, Sirojiddin Qo'ziev, Murodxo'ja Jabborov va Shahboz Nuriddinov.

Klub Superligada hozirda 9 ochko bilan so'nggi 16-o'rinda bormoqda.