Shirer: "Trent va Isakning holatlarini taqqoslab bo'lmaydi"

Angliya terma jamoasining sobiq forvardi Alan Shirer hujumchi Aleksandr Isakning "Nyukasl"da o'ynashdan bosh tortganiga izoh berdi.
"Trentning holatini Aleksandr Isak bilan taqqoslab bo'lmaydi. Trentning shartnomasi tugadi. U o'ynash va mashq qilishdan bosh tortmadi. Uning ketishga to'la haqqi bor edi. Aleksning esa 3 yillik shartnomasi bor," - deya Shirerning so'zlarini keltiradi Liverpool Echo.