Lyuka Shevale "PSJ"ning asosiy darvozaboni vazifasini bajaradi. 23 yoshli darvozabon "Lill"dan 40+15 million evroga sotib olindi.

Janluidji Donnarummaning "PSJ"ning "Tottenxem"ga qarshi Evropa Superkubogi o'yini tarkibiga kiritilmagani ma'lum bo'lgandi.

Xabar qilinishicha, italiyalik futbolchi 2026 yilda tugaydigan shartnomani uzaytirmasligini aniq aytgan va shu yozda yoki bir yildan so'ng jamoani erkin agent sifatida tark etadi.

Jurnalist Fabris Xokinsning yozishicha, Donnarummani "PSJ"dan ketishga undashmoqda. Bu mavsumda jamoaning birinchi raqamli darvozaboni Shevale bo'ladi.