"Lill" darvozaboni Lyuka Shevale 7 avgust, juma kuni "PSJ"ga o'tishdan oldin tibbiy ko'rikdan o'tdi, deya xabar bermoqda RMC.

Frantsiya terma jamoasining 23 yoshli futbolchisi uchun Parij klubi 55 million evro sarflashi kutilmoqda.

Shevale "Lill" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2024/25 yilgi mavsumda u barcha turnirlarda 48 ta o'yin o'tkazib, 53 ta gol o'tkazib yubordi.