"PSJ"ning yangi darvozaboni Lyuka Shevale o'z transferi haqida fikr bildirdi.

"Men o'z orzum bilan yashayotgan bolaman. Bolaligimdan eng yuqori darajada o'ynashni orzu qilardim. "PSJ"ga kelishim uchun mehnat qilgan barchaga rahmat aytaman. Bu erda bo'lganimdan juda xursandman. Men bu futbolkani ishtiyoq va ambitsiya bilan kiyaman," - deya darvozabonning so'zlarini keltiradi "PSJ" matbuot xizmati.