Sheshkoning raqami qaysi bo'ldi?

O'tgan haftada "Manchester Yunayted" hujumchi Benjamin Sheshkoni o'z safiga qo'shib oldi.
Muxlislar tezda sloveniyalik futbolchi "qizil iblislar" safida 30-raqamli futbolkada o'ynashini taxmin qilishdi.
Endi klub buni tasdiqladi, Sheshkoning futbolkasida shu raqam tushirilgan suratini chop etdi. Eslatib o'tamiz, Benjamin Sheshko “Red Bull Zaltsburg” va “RB Leyptsig” jamoalarida 30-raqam ostida to'p tepgan.