Sheshkoning agenti Leyptsigga keldi

Hujumchining boshqa klubga ketishi ehtimoli fonida Benyamin Sheshkoning agenti Leyptsigga keldi.
Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar bermoqda.
"RB Leyptsig" va Sloveniya terma jamoasining 22 yoshli futbolchisiga "Manchester Yunayted" va "Nyukasl" da'vogarlik qilmoqda.
Avvalroq, nemis klubi Sheshkoni "hakkalar"ga 75+5 mln evroga sotishdan bosh tortgandi. Mankunianliklar ham o'z navbatida "Leyptsig"ga rasmiy taklif bilan chiqishini ma'lum qilishgan.
Sheshko 13 ta gol bilan Bundesliganing o'tgan mavsumida "Leyptsig"ning eng yaxshi to'purariga aylandi.