Sheshko "MYu" qiziqishiga qaramay, "Nyukasl"ga o'tishga qaror qildi

Benjamin Sheshko katta ehtimol bilan "Nyukasl"ga o'tadi.
Sloveniyaning Delo nashri "Leyptsig" forvardi kelajagi borasida bir qarorga kelganini ta'kidlamoqda. U "Manchester Yunayted" qiziqish bildirayotganiga qaramay, faoliyatini "magpilar" safida davom ettiradi.
Avvalroq, nemis klubi Sloveniya terma jamoasi futbolchisi uchun 75 mln evro olmoqchi ekani xabar qilingandi.
Sheshko 2024/25 yilgi mavsumda "Leyptsig"ning eng yaxshi to'purari bo'ldi.