Benyamin Sheshko "Manchester Yunayted" bilan ham, "Nyukasl" bilan ham kelishib oldi.

Avvalroq, APL klublari "RB Leyptsig" hujumchisi transferi bo'yicha taklif bilan chiqqani ma'lum bo'lgandi.

Sky Sport jurnalisti Florian Plettenbergning ma'lum qilishicha, futbolchi va uning vakillari mankunianliklar va "hakkalar" bilan uzoq muddatli shartnoma shartlarini og'zaki kelishib olgan.

Endi barchasi qaysi klub "RB Leyptsig" bilan shartnoma tuzishiga bog'liq. "Nyukasl" bonuslar bilan birga 90 million evro, "Manchester Yunayted" 85 million evro taklif qilmoqda.

Benyamin Bundesliganing o'tgan mavsumida 33 ta o'yinda 13 ta gol urgan.