Qirg'iziston Premer-ligasi ishtirokchisi “OshMU” klubi yana bir o'zbekistonlik futbolchi bilan shartnoma tuzdi.

Mavsumning birinchi qismini Pro-liga ishtirokchisi “FarDU”da o'tkazgan yarim himoyachi Sherzod Qodirov endilikda qo'shni chempionatda to'p suradi.

28 yoshli futbolchi bilan mavsum yakuniga qadar bitim imzolandi.