Ukrainaning "Shaxtyor" klubi hujumchisi Kevin hozirgi jamoasini Angliya premer-ligasi vakili - Londonning "Fulxem" jamoasiga o'zgartirishi mumkin.

Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano ijtimoiy tarmoqlar orqali xabar bermoqda.

Insayderga ma'lum bo'lishicha, poytaxt klubi rahbariyati 22 yoshli braziliyalik uchun qariyb 40 million evro taklif qilgan, ukrainalik esa bunga rad javobini bergan.

“Shaxtyor” ancha qulayroq taklif olishini kutmoqda.