"Shaxtyor" braziliyalik futbolchisi orqali mo'maygina pul ishlashi mumkin

"Shaxtyor" Braziliyada iqtidorli o'yinchilarni topishda davom etmoqda.
2024 yil boshida "konchilar" hujumchi Kevin uchun 12 million evro sarflagan edi. Endi esa Ukraina klubi futbolchini foydali sotish imkoniyatiga ega.
Nufuzli insayder Fabritsio Romanoning ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, "Fulxem" 22 yoshli Kevinning transferi ustida ishlashda davom etmoqda.
Londonliklar futbolchi bilan kelishib bo'lishgan, ammo “Shaxtyor” hali ruxsat bermagan.