"Sevilya" himoyachisi bo'yicha "Bayer" yuborgan taklifni rad etdi

"Bayer" Loik Badeni sotib olish bo'yicha dastlabki taklifni berdi.
Nemis klubi "Sevilya" himoyachisi uchun 20 mln evro taklif qildi, deb xabar beradi RMC Sport.
"Sevilya" "Bayer"ning taklifini qabul qilmasligi kutilmoqda, chunki u Bade uchun taxminan 35 mln evro olmoqchi. Klublar o'rtasidagi muzokaralar davom etmoqda, futbolchi transferga qiziqish bildirmoqda, ammo u hozircha leverkuzenliklar bilan shartnoma shartlarini kelishib olgani yo'q.
Bade La Liganing o'tgan mavsumida 32 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.