"Sevilya" o'ng qanot himoyachisi Xose Anxel Karmona Angliyaga ko'chib o'tishi mumkin.

Fabritsio Romano xabariga ko'ra, 23 yoshli ispaniyalik futbolchini "Nottingem Forest" sotib olishga qiziqmoqda.

Karmona hozirda Transfermarkt portalida 12 million evroga baholangan. Uning shartnomasi 2028 yil o'rtalariga qadar mo'ljallangan.