"Sevilya" Chili terma jamoasi himoyachisi bilan shartnoma imzoladi

"Tuluza" bilan shartnomasi yakunlanib, erkin agentga aylangan Chili terma jamoasi himoyachisi Gabriel Suaso faoliyatini Ispaniyada davom ettiradi.
Diario de Sevilla xabariga ko'ra, 27 yoshli chililik futbolchi "Sevilya" bilan 3 yillik shartnoma imzolaydi.
2024/25 yilgi mavsumda Suazo barcha musobaqalarda 33 ta o'yinda maydonga tushib, 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.