Hujumchi Allan Sen-Maksimen "Al-Ahli"dan "Amerika" klubiga o'tdi. Meksika klubi 28 yoshli frantsuz uchun 12 million evro to'ladi.

Meksika aeroportida yangi futbolchini klubning yuzlab muxlislari kutib oldi.

Sen-Maksimen 2024/25 yilgi mavsumda "Fenerbaxche"da ijara asosida o'ynagan. Turkiya jamoasi safida u 31 ta o'yinda 4 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.