"Bornmut" vingeri Antuan Semeno Angliya Premer-ligasining ochilish o'yinida "Liverpul"ni ikki marta xafa qildi.

Opta xabariga ko'ra, ganalik deyarli uch yil ichida Angliya chempionatida "Enfild"da ikki yoki undan ortiq gol urgan birinchi futbolchiga aylandi. 2022 yil sentyabrida buni o'sha paytda "Brayton"da o'ynagan Leandro Trossard amalga oshirgandi - belgiyalik xet-trik qayd etgan edi.

Antuan Semeno o'tgan mavsumda "Bornmut" safida Premer-ligada 37 ta o'yinda 11 ta gol va 6 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.