Saulga etarli miqdorda pul taklif qilinmadi

Saul Koko "Spartak"ga o'tmaydi.
SportMediaset jurnalisti Orazio Akkomando xabariga ko'ra, 26 yoshli himoyachining Moskva klubiga o'tishi amalga oshmay qolgan.
“Torino” futbolchi uchun 20 million evro talab qilgan bo'lsa, “qizil-oqlar” 16 million taklif qilishgan va bundan ko'proq taklif qilmoqchi emas.