Saul Niges Joau Feliksning futbolchilik qobiliyati haqida gapirdi.

Avvalroq, 2019-2023 yillarda “Atletiko”da o'ynagan Feliks “An-Nasr”ga o'tgandi.

"Joauda aql bovar qilmaydigan futbolchi bo'lish uchun barcha xislatlar bor. Lekin siz qanchalik zo'r bo'lsangiz ham, mehnatsiz bu hech narsa emas. Men unga ko'p jihatdan yordam berishga harakat qildim", - deydi "Atletiko"dan "Flamengo"ga o'tgan yarim himoyachi.