"Yuventus" yarim himoyachisi Manuel Lokatellining faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirish varianti bor.

Biroz avval xabar berilganidek, "Al-Ahli" 27 yoshli futbolchi uchun "keksa sinora"ga 25 mln evro taklif qilgan, ammo rad javobini olgandi. Jurnalist Nikolo Skiraning ma'lum qilishicha, turinliklar 35 mln evrodan qimmatroq taklif tushsa, xavbekni sotish imkoniyatini ko'rib chiqadi. Manbaga ishonadigan bo'lsak, Saudiya klubi italiyalik futbolchiga yiliga 10 mln evro va 2 mln bonus sifatida to'lashga tayyor, bu futbolchining hozirgi maoshidan uch-to'rt barobar ko'p.

Manuel Lokatelli "Yuventus" bilan 2028 yilgacha mo'ljallangan shartnomaga ega.