Madridning "Real" klubi yulduzi Kilian Mbappega Saudiya Arabistonidan juda katta taklif tushdi.

Defence Central xabariga ko'ra, Saudiyaning nomi oshkor etilmagan jamoasi Mbappeni qo'lga kiritish uchun "qirollik klubi"ga naqd 350 million evro to'lashga tayyor.

"Qaymoqranglilar" prezidenti Florentino Peres bu taklifni darhol rad etdi. Frantsuz sotilmaydi.