Saudiya klubi Frantsiya yoshlar terma jamoasi futbolchisi uchun 20 million evro sarflashga tayyor

Saudiya Arabistoni oliy divizioniga ko'tarilgan "Neom" Frantsiya yoshlar terma jamoasi himoyachisi Natan Zezeni o'z safiga qo'shib olmoqchi, deya xabar bermoqda L’Equipe.
Manbaga ko'ra, saudiyaliklar 20 yoshli frantsuz uchun "Nant"ga 20 million evro to'lashga tayyor.
Zezening amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo'ljallangan. Transfermarkt portali futbolchining narxini 15 million evroga baholamoqda.
2024/25 yilgi mavsumda Zeze "Nant"ning asosiy tarkibida 19 ta o'yinda maydonga tushdi va 6 ta sariq kartochka oldi.