Saudiya klubi "Atletiko" deyarli kelishuvni yopgan futbolchini tortib oldi

"Shtutgart" hujumkor yarim himoyachisi Entso Miyo faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettiradi, deya xabar berdi insayder Fabritsio Romano.
Manbaga ko'ra, Saudiyaning "Al-Ahli" klubi 23 yoshli frantsuzni sotib olish bo'yicha nemis klubi bilan og'zaki kelishuvga erishdi.
Miyoning o'zini transferga ko'ndirish uchun "Ahli" bosh murabbiyi Matias Yayssle katta mehnat qildi.
Avvalroq, Miyo Madridning "Atletiko" klubiga o'tishga yaqin turgani haqida xabarlar chiqqan edi.