Antoniga Saudiya Arabistonidan qiziqish bo'lmoqda.

Saudiya Arabistonining ikki top-klubi "Manchester Yunayted"ning 25 yoshli vingeriga qiziqish bildirmoqda.

O'tgan mavsumning ikkinchi qismini braziliyalik futbolchi "Betis"da ijarada o'tkazdi va La Ligada 17 ta o'yinda 5 ta gol urib, 2 ta golga assistentlik qildi.

Qayd etilishicha, futbolchining Ispaniya klubiga qaytishi dargumon.