Moskvaning "Spartak" klubi sobiq himoyachisi Samuel Jigo yozda Rimning "Latsio" klubini tark etishi mumkin. Bu haqda Italiya matbuoti xabar bermoqda.

Poytaxt klubi "Marsel"dan sotib olingan 31 yoshli frantsiyalik futbolchi bilan hamkorlik qilishdan manfaatdor emas. "Burgutlar" bosh murabbiyi Mauritsio Sarri Jigoni jamoasida ko'rmayotganini ma'lum qildi.

Rim klubi Samuel transferi bo'yicha takliflarni kutmoqda. "Latsio" uni sotishdan to'rt million evro ishlab olmoqchi.

Italiya chempionatining 2024/2025 yilgi mavsumida Jigo 15 ta o'yin o'tkazib, ikkita gol urdi va ikkita sariq kartochka oldi.