Sardor Jahonov Afg'oniston klubi bilan shartnoma imzoladi

O'zbekistonlik yarim himoyachi Sardor Jahonov Afg'onistonning “Abu Muslim” jamoasi bilan qisqa muddatli shartnoma imzoladi.
Bu klub amaldagi mamlakat chempioni hisoblnadi. Avgust oyida OFK Chellenj kubogi saralash bosqichida ishtirok etadi.
Hozirda jamoani ispaniyalik mutaxassis boshqarmoqda. Jahonov bunga qadar Hindiston, Maldiv, Bangladesh chempionatlarida to'p surgan.