"Santos" bosh murabbiyni iste'foga chiqardi

Braziliyaning "Santos" klubi rahbariyati mamlakat chempionatidagi 0:6 hisobidagi mag'lubiyatga zudlik bilan reaktsiya bildirdi. "Vasko da Gama" Neymar jamoasini ayab o'tirmadi.
Ushbu mag'lubiyatdan so'ng "Santos" bosh murabbiyi Kleber Xaver iste'foga chiqarildi. Matbuot xizmati shu munosabat bilan qisqa bayonot e'lon qilib, unga amalga oshirgan ishlari uchun minnatdorchilik bildirdi va kelgusi faoliyatida omad tiladi.
Eslatib o'tamiz, Xaver jamoada ish boshlaganiga endigina 4 oy bo'lgandi. Bu uning bosh murabbiy sifatidagi birinchi tajribasi edi.
Ayni paytda "Santos" mamlakat chempionatida o'n beshinchi o'rinni egallab turibdi (mumkin bo'lgan 20 ta o'rindan).