"Sanderlend" yangi transfer qilingan yulduz o'yinchini jamoaning yangi sardori etib tayinlaganini e'lon qildi

"Sanderlend" 2025/26 yilgi mavsum uchun Granit Jakani jamoaning yangi sardori etib tayinlaganini rasman ma'lum qildi.
"Bu klubning sardori bo'lish men uchun katta sharaf. Umid qilamanki, maydon ichida ham, tashqarisida ham o'z etakchiligimni namoyon etib, jamoadoshlarimga yordam bera olaman. Ilgari sardorlik bog'ichini taqib yurgan boshqa futbolchilar qatorida "Sanderlend" tarixining bir qismi bo'lish men uchun katta faxr. Meni yaxshi biladigan odamlar mendan nimani kutish mumkinligini tushunishadi, chunki men juda talabchanman", - deydi shveytsariyalik yarimhimoyachi.