"RB Leyptsig" hujumchisi Luis Openda faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin.

25 yoshli belgiyalik hujumchi transferini "Sanderlend" amalga oshirmoqchi. "Buqalar" o'z hujumchisini 50 million evroga baholamoqda.

Opendaning nemis klubi bilan shartnomasi 2028 yil yozigacha mo'ljallangan.