"Sanderlend" "Brayton"dan vinger Adengrni 21 mln funt va bonuslar evaziga sotib oldi

"Sanderlend" Simon Adengrani sotib oldi.
Vinger "Brayton"dan APLga qaytgan jamoaga o'tdi va besh yillik shartnoma imzoladi.
BBC xabariga ko'ra, 23 yoshli ivuarlik futbolchi uchun 21 mln funt to'langan va bonuslar ham ko'zda tutilgan.
Adengra o'tgan mavsumda Premer-ligada 29ta o'yin o'tkazib, 2ta gol urgan.