Sanchoning "Yuventus"da qancha maosh olishi ma'lum bo'ldi

"Yuventus" "Manchester Yunayted" vingeri Jeydon Sancho transferi bo'yicha kelishuvni yakunlashga tayyorlanmoqda - italyan klubi futbolchi bilan hamkorlik shartlari bo'yicha kelishib oldi. Bu haqda Tuttosport xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, inglizning "Yuventus"dagi maoshi bonuslarni hisobga olmaganda bir mavsum uchun 6 mln evroni tashkil qiladi. Sanchoning turinliklar bilan shartnomasi 2029 yilga qadar amal qiladi.
Avvalroq, transfer qiymati 17,3 mln evro ekani xabar qilingandi.