Sancho "Yuventus" uchun boshqa takliflarni rad etmoqda

"Manchester Yunayted" vingeri Jeydon Sancho "Yuventus"ga o'tmoqchi.
25 yoshli futbolchining transferiga "Beshiktosh" ham qiziqish bildirmoqda, biroq turk klubining takliflari rad etildi, deya xabar bermoqda jurnalist Alfredo Pedulla. Ingliz "Yuventus"ga o'tmoqchi, shuning uchun boshqa variantlarni rad etmoqda, ammo "keksa sinora" kelishuvni yopishga shoshilmayapti. Vaziyatni "Roma" ham kuzatib bormoqda, bosh murabbiy Jan Pero Gasperini futbolchining imkoniyatlarini yuqori baholamoqda.
"Manchester Yunayted" Jeydon Sanchoni sotuvga qo'ydi - u Ruben Amorimning rejalariga mos kelmaydi. Dortmundning "Borussiya" klubi sobiq yulduzining Transfermarkt saytidagi narxi - 28 mln evro.