Sancho "Yuventus" uchun "B" rejasi hisoblanadi

"Yuventus" yozgi transferlar davrida yangi vingerni o'z safiga qo'shib oladi. Klub hamon ijara muddati tugagach, "Portu"ga qaytadigan Fransishku Konseysauni sotib olish fikridan qaytmagan, "keksa sinora" "Manchester Yunayted"dan Jeydon Sanchoga ham qiziqish bildirmoqda. Jurnalist Janluka di Martsioning ma'lum qilishicha, "Portu" bilan muzokaralarda yuzaga kelgan kelishmovchiliklarga qaramay, "Yuventus" uchun Konseysau ustuvor variant bo'lib qolmoqda. "Ajdarlar" 22 yoshli futbolchi uchun 30 mln evro talab qilmoqda va italiyalik grandning bosslari yangi taklif tayyorlamoqda.
Sanchoga kelsak, uni "Yuventus" "B" rejasi deb hisoblamoqda, yaqinda turli manbalar 25 yoshli ingliz transferi bo'yicha "MYu" bilan deyarli kelishuvga erishilgani haqida xabar tarqatgandi.