"Manchester Yunayted" futbolchisi Jeydon Sancho faoliyatini "Yuventus"da davom ettirish uchun maoshini sezilarli darajada kamaytirishga rozi. Bu haqda Tuttosport nashriga tayanib Football Italia xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, ingliz bir mavsum uchun 5 mln evro maoshga rozi. Shu bilan birga, shartnomada 1,5 million evro miqdorida bonuslar qayd etilishi mumkin.

Avvalroq, "Yuventus" mankunianliklar bilan muzokaralar olib borayotgani ma'lum bo'lgandi - italyan klubi Sanchoni 15 mln evroga sotib olmoqchi.