Sancho "Yuventus"ga moliyaviy talablarini aytdi

"Manchester Yunayted" vingeri Jeydon Sanchoning "Yuventus"ga qo'ygan moliyaviy talablari ma'lum bo'ldi. 25 yoshli futbolchi "Chelsi"da ijara asosida bir mavsumdan so'ng "Manchester Yunayted"ga qaytdi, ammo jamoa bosh murabbiyi Ruben Amorimning rejalariga kiritilmagan.
Xabarga ko'ra, "Yunayted"da mavsumiga 10 million evro oladigan Sancho "Yuventus"ga o'tish uchun maoshini kamaytirishga tayyor. Qanot futbolchisi Turin klubidan yiliga 8 million evrolik shartnoma olmoqchi. "Yuventus" allaqachon futbolchiga yiliga 5 million evro taklif qilgan va o'z taklifini yiliga 6 million evro va bonuslar bilan oshirishga tayyor.
Mish-mishlarga ko'ra, "Yuventus" Sanchoni "Manchester Yunayted"dan sotib olish uchun 25 million evro to'lashi kerak.