Sancho uchun poygaga Italiyaning yana bir grandi qo'shildi

"Manchester Yunayted" vingeri Jeydon Sanchoning faoliyatini davom ettirish uchun yangi varianti paydo bo'ldi.
Ingliz transferi bo'yicha muzokaralarni "Yuventus" davom ettirmoqda, ammo turinliklar futbolchi uchun Italiyadagi yagona da'vogar emas. TBR Football xabariga ko'ra, Milanning "Inter" klubi Sanchoni "keksa sinora"dan tortib olishga tayyorligini bildirgan. "Neradzurrilar" vakillari allaqachon "qizil iblislar" rahbariyati bilan bog'langan.
Transfermarkt portali talqiniga ko'ra, 25 yoshli futbolchining narxi 28 mln evroni tashkil etadi.