Sancho turk klublariga o'tishga tayyor, faqat...

"Manchester Yunayted" forvardi Jeydon Sancho Evropada o'ziga yangi klub topmasa, faoliyatini Turkiya chempionatida davom ettirishga rozi. Bu haqda jurnalist Yag'iz Sabunko'g'li ma'lum qildi.
Manbaga ko'ra, angliyalik futbolchi turk klublariga shart qo'ymoqda - futbolchi bir mavsumda kamida 15 mln evro maosh olmoqchi.
Avvalroq, Sanchoga Italiyaning "Yuventus" klubi faol qiziqish bildirayotgani va mankunianliklarga vinger uchun 17,3 mln evro taklif qilgani haqida xabarlar tarqalgan edi.