Sancho italyan grandi safiga o'tishga yaqinlashdi

"Manchester Yunayted" vingeri Jeydon Sancho "Yuventus"ga o'tishga yaqin turibdi.
Turin klubi 25 yoshli futbolchi bilan kelishuvga erishgan, "qizil iblislar" ham taklifga rozilik bilan javob qaytarishga tayyor. Jurnalist Marko Jordanoga ko'ra, agar hech qanday kutilmagan hodisa yuz bermasa, transfer tez orada amalga oshiriladi. Kelishuv "keksa sinora"ga taxminan 25 mln evroga tushadi.
Avvalroq, "Yuventus" "Portu" vakili Fransishko Konseysauni o'z safiga qo'shib olishga moil bo'layotgani, ammo "ajdarlar" bilan kelishuvga erishilmagani haqida xabarlar tarqalgan edi.
O'tgan mavsumda Jeydon Sancho "Chelsi" safida ijara asosida to'p tepgan edi.