Sancho buning uchun kamaytirilgan maoshlarga ham rozi

"Manchester Yunayted" vingeri Jeydon Sancho sobiq jamoasi Dortmundning "Borussiya"siga qaytishi mumkin.
Bu haqda Bild xabar bermoqda.
Nemis jurnalistlariga ma'lum bo'lishicha, 25 yoshli yarim himoyachi nemis jamoasiga qaytish uchun maoshini ikki barobarga kamaytirishga rozi bo'lishga tayyor.
Ayni damda uning “qizil iblislar”dagi maoshi yiliga 16 million evroni tashkil qiladi. Avvalroq matbuotda Jeydonga Turinning "Yuventus" klubi ham qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.