Saloh APLda o'tgan mavsumning eng yaxshi o'yinchisi deb topildi va bu borada rekord o'rnatdi

"Liverpul" hujumchisi Muhammad Saloh Angliya professional futbolchilar assotsiatsiyasi talqiniga ko'ra, APL-2024/25 mavsumining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
33 yoshli misrlik futbolchi Angliya chempionatida 38 ta o'yinda 29 ta gol va 18 ta assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ygan.
Saloh uchinchi va rekord darajadagi sovrinni qo'lga kiritdi. Avvalroq u 2017/18 va 2021/22 yilgi mavsumlar yakunlariga ko'ra eng yaxshi futbolchiga aylangandi. Mark Xyuz, Alan Shirer, Terri Anri, Krishtianu Ronaldu, Garet Beyl va Kevin de Bryuyne ikki martadan sovrinni qo'lga kiritgan.