Saliba "Real" qiziqishlari fonida kelajagi bo'yicha qaror qabul qildi

"Arsenal" markaziy himoyachisi Vilyam Saliba London klubidan mamnun va 2029 yilgi navbatdagi klublar o'rtasidagi jahon chempionatiga qadar jamoasini o'zgartirish haqida o'ylamayapti. Bu haqda Sport.es ingliz manbalariga tayanib xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, "kanonirlar" 24 yoshli futbolchi bilan 2027 yilning yozida tugaydigan shartnomani uzaytirmoqchi. "Arsenal" Salibani "qaymoqranglilar" bermoqchi bo'lgan katta pulga ham sotmoqchi emas.
Frantsiyalik himoyachi 2019 yilda "Sent-Eten"dan London jamoasiga o'tgan edi. Saliba o'tgan mavsumda barcha musobaqalarda 51 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urgan. Transfermarkt portalida keltirilgan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining bozor narxi 80 mln evroni tashkil etadi.